Abdukarim Mirzayev bilan storytelling kursi...
Ushbu kurs yordamida jozibali gapirish, sahnada va kamera qarshisida hayajonlanmaslik, vizual kompozitsiya va ovozlashtirish sirlarini bilib olasiz.
Kursning davomiyligi 1 oy
Kursning davomiyligi 1 oy
Kursning davomiyligi 1 oy
— 01 dars
Storytelling nima?
— Ushbu darsda storytelling nima ekanligi haqida gaplashamiz. Mavzuga umumiy kirish qilamiz. Ritorika, qahramon, sayohat, sarguzasht kabi asosiy tushunchalar haqida to'xtalamiz.
— 03 dars
Mavzu topish va tadqiq qilish
— Tinglovchi va tomoshabinning qiziqishini saqlab qolish uchun qanday usullardan foydalanamiz?
— Tomoshabinlarning e'tiborini mavzuga jalb qilish va uni doimo faol tarzda ushlab turish uchun nima qilish zarur?
— Qanday qilib biz kutilmagan burilishlar, aql o’yinlari, keskinlik va noaniqlik kabi vositalar bilan ravon maʼlumot bera olamiz? Darsimizda matnni qayta yozish, tuzatish, qisqartirish, sayqallash va jozibali sarlavha qo’yish haqida so`z yuritamiz.
— 05 dars
Kamera qarshisida ishlash
— Tasvirga tushirishdan oldingi eng soʻnggi tayyorgarliklar nimalar? Kamera qarshisida gapirishning sirlari. Obyektiv qarshisida oʻzingizdagi eng yaxshi holatni topa olish uchun nimalar qilish kerak?
— Matnlarni yodlash kerakmi yoki oʻqishmi? Teleprompterdan qayerda va qanday foydalanamiz?
— 07 dars
Studiya sharoitida ishlash
— Yorugʻlik – tasvirning asosidir. Ushbu darsda ichki va tashqi yoritish usullarini misollar bilan koʻrib chiqamiz. Dastlabki darslarda oʻrgangan narsalarimizni amalda qoʻllaymiz.
— Tayyorgarlik jarayoni tugagach, birgalikda namuna tarzida koʻrsatuvni tasvirga tushiramiz.
Ushbu tugmani bosish orqali kursning Telegramdagi saralash guruhiga a'zo bo'lasiz →
— 02 dars
Kopirayterlik va hikoya jozibasi
— Qaysi mavzuda yozamiz? Mavzu borasida bir to'xtamga kelgandan keyingi harakatlarimiz nimalardan iborat bo'ladi?
— Ushbu darsda biz mavzuni tadqiq qilish, ma'lumot to'plash, g'oyalar yaratish, yozuvlar va fikrlarni tartibga solish kabi jarayonlarni qanday amalga oshirish haqida gaplashamiz.
— 04 dars
Nutq va gapirish usullari
— Bu darsda notiqlik san'ati bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Hikoyachining eng kuchli vositasi uning ovozidir. Ushbu dars davomida jonli auditoriya oldida qanday gapirish va taqdimot paytida nimalarga e'tibor qaratish lozimligini bilib olasiz. Ikkinchi qismda esa ovozlashtirish haqida gaplashamiz.
— Ovozingizni tuzatish va tildagi dangasalikdan xalos bo'lish, ovozga ishlov berish, tartibga solish, audio chastotalar, ekvalayzer, kompressor, filtrlar va ulardan qayerda va qanday foydalanish haqida ma'lumotlar beriladi.
— 06 dars
Tasvirga olish vositalari va vizual kompozitsiya
— Ushbu darsda biz kamera turlari, kameraning anatomiyasi, muhim sozlamalar, fokuslash, obyektiv turlari va ulardan foydalanish texnikalari bilan tanishib chiqamiz.
— Muvozanat, boʻshliqlar, kompozitsiya qurish usullari, 180 daraja qoidasi kabi tushunchalar haqida to‘xtalamiz.
— 08 dars
Montaj asoslari va uning tartibi
— Ushbu darsda montaj asoslari va uning tartibi haqida gaplashamiz. Kadrlarning keraksiz qismlarini tozalash, yordamchi kadrlar va animatsiyalar bilan boyitish, ranglardan toʻgʻri foydalanish, qoʻshimcha ovozlar va effektlar ishlatishni oʻrganamiz.